Nominatsiyalar

Eng yaxshi shaxsiy sahifa

54 nominantlar Ushbu nominatsiyaga shaxsan yaratuvchining o‘zi to'g'risida va o'zining qiziqishlari to'g'risidagi saytlari, bloglari va boshqa shaxslarga bag'ishlangan resurslari (misol uchun, mashhur insonlar muxlislari saytlari) hamda xususiy shaxslar uchun buyurtma bo'yicha bajarilgan shaxsiy saytlar kiradi.

Eng yaxshi korporativ sayt

114 nominantlar Ushbu nominatsiyada alohida bir tashkilot yoki korxonaning biznes-jarayonlarini qo'llab-quvvatlash yoki tashkil etish maqsadida yaratilgan eng yaxshi sayt aniqlanadi.

Mintaqaviy-o'lkashunoslik bo'yicha eng yaxshi sayt

25 nominantlar Ushbu nominatsiyaga O'zb?kiston Respublikasi mintaqalari tarixi, geografiyasi, madaniyati, turmushi, hunarmandchiligi va ekologiyasi to'g'risida hikoya qiluvchi saytlar kiradi.

Madaniyat va san'at sohasidagi eng yaxshi sayt

48 nominantlar Ushbu nominatsiyada san'at va madaniyatga bag'ishlangan (musiqa, tasviriy san'at, teatr, kino, adabiyot, fotosurat va boshqalar) resurslar ishtirok etadilar.

Tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt

60 nominantlar Ushbu nominatsiyaga tibbiyot muassasalari saytlari, tibbiyot mahsulotlari va xizmatlariga bag'ishlangan resurslar, shuningdek, tibbiyot ensiklopediyalari va sog'liqni saqlash mavzusidagi umumta'lim ommaviy saytlari kiradi.

Fan va ta'lim sohasidagi eng yaxshi sayt

91 nominant Ushbu nominatsiyada fan va ta'limga bag'ishlangan, fan va ilmiy izlanishni targ'ib etuvchi resurslar, shuningdek, turli o'quv fanlari bo'yicha resurslar qatnashadilar. Akademik institutlar (shuningdek, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi) saytlari hamda oliy va o'rta ta'lim muassasalari, turli ilmiy muassasalar, ilmiy jamiyatlar, kutubxonalar, o'qituvchilar, ustozlar va hokazolar resurslari baholanadi.

Tarmoqli servis sohasidagi eng yaxshi sayt

86 nominantlar Ushbu nominatsiyada xosting, elektron-pochta va izlash xizmatlari, mahsulotlar va xizmatlar kataloglari hamda Internet tarmog'ida ko'rsatiladigan boshqa xizmatlar taqdim etuvchi kompaniyalar resurslari baholanadi. Tashkiliy qo'mita qarori bo'yicha ushbu nominatsiyada tarmoq xizmatlari xususiyatlarini hisobga olish bilan qo'shimcha kategoriyalar ta'sis etilishi mumkin. Misol uchun: "Izlash xizmatlari" kategoriyasida tarmoq xizmatlari sohasida eng yaxshi sayt" va shu kabilar.

Sayyohlik va sayohat sohasidagi eng yaxshi sayt

50 nominantlar Ushbu nominatsiyada sayyohlik va sayohatga aloqador resurslar (OAV saytlari, sayyohlik va sayyohat, dam olish hududlari to'g'risidagi saytlar, sayyohlik va sayohat sohasidagi o'lkashunoslik va tarixiy obidalar hamda yangiliklarni yorituvchi sayyohlik firmalari hamda mehmonxona majmualari saytlari) ishtirok etadi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng yaxshi sayt

39 nominantlar Ushbu nominatsiyada Milliy olimpiya qo'mitasi, sport tashkilotlari resurslari, rasmiy va norasmiy klub saytlari, sport OAV saytlari, sport bellashuvlarining saytlari, sport to'g'risidagi yangiliklar resurslari ishtirok etadilar.

Elektron savdo sohasidagi eng yaxshi sayt

47 nominantlar Ushbu nominatsiyaga Internet tarmog'idan mahsulot (buyurtma) va/yoki xizmatlar on-layn savdosi vositasi sifatida (elektron savdo maydonlari, do'konlar, birjalar, elektron to'lovlar tizimi, Internet-banking va boshqalar) foydalanuvchi tashkilotlar va kompaniyalar saytlari kiradi.

Yoshlar uchun eng yaxshi sayt

47 nominantlar Mazkur nominatsiyada maktabgacha ta'lim muassasalari, maktablar, kollejlar, litseylar va OTM saytlari, shuningdek, maxsus yoshlar uchun bag'ishlangan saytlar ishtirok etadi.

Davlat boshqaruvi haqida eng yaxshi sayt

38 nominantlar Ushbu nominatsiyada davlat va xo'jalik boshqaruv organlarining rasmiy saytlari ishtirok etadi.

Eng yaxshi OAV sayti

56 nominantlar Ushbu nominatsiyada o'zining bosma nashri (yoki "efir") versiyasiga ega bo'lmagan yangilik, axborot va boshqa davriy resurslar, shuningdek, gazeta, jurnal, radiostansiya, televizion kompaniyalar va boshqa OAV saytlari ishtirok etadilar.